16:18 / 20.11.2015
2308

Rossiya tergov qo‘mitasi a'zosi Markin xokkey o‘yinidan keyin shifoxonaga tushib qoldi

Rossiya tergov Qo‘mitasi rasmiy vakili Vladimir Markin 20 kuni ertalab xokkey o‘yini vaqtida jarohat olgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, RTQ vakili o‘yin vaqtida oyog‘ini sindirib olgan va zudlik bilan jarrohlik amaliyotini o‘tagan.

Manbalarga ko‘ra, Markin juda agressiv holda o‘yin olib borgan va raqib bilan qattiq to‘qnashuv paytida jarohat olgan.

E'tiborli tomoni, 2013 yilda ham Markin xokkey o‘yini vaqtida qo‘lini sindirib olgan va o‘shanda ham operatsiya stoliga yotishiga to‘g‘ri kelgandi.

«Bu sport bilan shug‘ullanishda uchrab turadigan holat. Bu borada batafsil to‘xtalmoqchi emas. Jarohat aniqlandi, operatsiya qilishga to‘g‘ri keldi. Hozir hammasi joyida», — deya ta'kidladi general-mayor.

Top