07:39 / 20.11.2015
2090

Taffarel "Galatasaroy" jamoasida bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi sifatida ish boshlaydi

Braziliyalik sobiq darvozabon Klaudio Taffarel "Galatasaroy" jamoasida bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi shaxs sifatida ishlashni boshlaydi.

49 yoshli mutaxassis 21 noyabr kuni "Antalyaspor" jamoasiga qarshi o‘yinda yangi vazifasiga kirishadi.

U biroz oldin iste'fo bergan Hamza Hamzao‘gluning o‘rnini egallaydi.

Ma'lumot uchun, Taffarel 1998 yildan 2001 yilgacha "Galatasaroy" tarkibida o‘ynagan, 2011 yildan buyon jamoada darvozabonlar murabbiyi sifatida ishlab kelayotgandi.

Top