10:17 / 20.11.2015
3079

Tramp AQShda musulmonlar haqidagi ma'lumotlar bazasini tashkil qilmoqchi

AQSh prezidentligi uchun saylovda respublikachilar partiyasidan nomzod hisoblanmish Donald Tramp mamlakatdagi musulmonlarni kuzatishni osonlashtirish maqsadida ma'lumotlar bazasini tashkil qilishga zarurat paydo bo‘lgani haqida aytib o‘tdi.

"Men albatta shunday qilaman. Buni o‘zim uchun belgilab olganman", deydi Tramp Ayovadagi saylovchilar bilan uchrashuv vaqtida NBC News telekanali muxbiriga bergan intervyusida.

Biroz oldinroq, Tramp AQShda masjidlarni yopib qo‘yishni “jiddiy o‘ylab ko‘rishga” chaqirgandi.

Top