10:17 / 20.11.2015
7111

Uzreport kanali APL o‘yinlarini translyatsiya qilishni boshlamoqda

Uzreport kanali O‘zbekiston hududida Angliya premer-ligasi o‘yinlarini namoyish etish huquqini sotib olgani haqida xabar berilgandi.

"Chempionat.aziya" saytining olgan ma'lumotlariga ko‘ra, telekanal shu haftadan boshlab Angliya premer-ligasi o‘yinlarini jonli ravishda namoyish etishni boshlaydi.

21 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:45da “Uotford” – “Manchester Yunayted” o‘rtasidagi o‘yin bilan debyut nishonlanadi.

Shu kuni soat 22:30da “Manchester Siti” – “Liverpul” uchrashuvi ham jonli namoyish etiladi.

22 noyabrda “Tottenhem” – “Vest Xem” uchrashuvini ham Uzreport kanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilish mumkin.

Top