14:18 / 20.11.2015
10310

Xorazmda 39 nafar mansabdor shaxsning jinoyatlari fosh etildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Xorazm viloyati sudi “Xorazmavtoyo‘l” hududiy yo‘llardan foydalanish tashkilotining mansabdor va moddiy javobgar shaxslari, tashkilot bilan hamkor bo‘lgan xususiy korxonalar rahbarlari, shuningdek, Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi, viloyat davlat soliq inspeksiyasi, AT “Asaka bank” viloyat filialining mas'ul xodimlariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini ko‘rib chiqdi. Bu haqda “Darakchi” nashri yozmoqda.
Aytilishicha, jinoiy guruhga “Xorazmavtoyo‘l” HYFT direktori Sh. Ro‘zmetov rahbarlik qilgan. Ushbu guruh a'zolari turli noqonuniy yo‘llar bilan 2.5 mlrd so‘m pulni o‘zlashtirgani aniqlandi. Bu pul yo‘l qurilishi uchun ajratilgan davlat mablag‘lar hisobidan o‘zlashtirilgan.

Ta'kidlanishicha, yetkazilgan zararning 1.8 mlrd so‘mi aybdor shaxslar tomonidan qoplangan.
Sudlangan barcha 39 kishi aybdor deb topilib, ularga nisbatan tegishli jazo choralari tayinlandi.

Top