08:43 / 21.11.2015
4890

Aralash jang san'ati jangchisi amerikalik Monson Rossiya fuqaroligini oldi

MMA (aralash jang san'ati) jangchisi amerikalik Jyeff Monson Rossiya fuqaroligini oldi. U bu haqda rossiyalik Konstantin Skrel bilan g‘alabali jangidan keyin e'lon qildi.

“Rahmat, men rossiyalik bo‘lganimdan juda faxrlanaman. Pasport olishimga yordam bergan barchaga minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Rossiya madhiyasi va bayrog‘i ostida ringga tushish mening orzuim. Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun kattakon rahmat”, deb Monsonning aytgan so‘zlarini keltirib o‘tdi “R-Sport” nashri.  

Avvalroq yana bir amerikalik mashhur sportchi, bokschi Roy Jons Rossiya fuqaroligini olgan edi.

Top