11:07 / 21.11.2015
3464

Tsukerberg qizi tug‘ilgach, ikki oylik mehnat ta'tiliga chiqishini ma'lum qildi

Facebook kompaniyasi asoschisi va bosh direktori Mark Tsukerberg qizi dunyoga kelgach, ikki oylik mehnat ta'tiliga ketishini ma'lum qildi. U bu haqda ijtimoiy tarmoqdagi o‘z sahifasida aytib o‘tgan.

“Bu juda shaxsiy qarordir. Qizim dunyoga kelgach, ikki oylik mehnat ta'tiliga chiqishga qaror qildim”, — deyiladi xabarda.
Bu vaqtga qadar uning o‘rnida kompaniyani kim boshqarishi haqida ma'lum qilinmagan. Bunga eng yaqin nomzodlar sifatida Facebook operatsion direktori Sheril Sendberg va mahsulotlar bo‘yicha vitse-prezident Kris Koks nazarda tutilmoqda.

Top