12:06 / 21.11.2015
3027

Eron yarim yil davomida kuniga 1 mln barrel neft ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi

Eron neft ishlab chiqarish hajmini oshirmoqchi. RIA Novosti nashrida yozilishicha, keyingi 5-6 oyda kuniga 1 million barrel neft ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Bu haqda Eron neft vaziri Amir Hossayn Zamaniniy ma'lum qilgan.

Uning ma'lum qilishicha, bu qaror OPeKning kuniga 3 million barrel neft yetkazib berish qarori bilan bog‘liq emas.

Biroz oldinroq, Xalqaro energetika agentligida Eronning Yevropa neft bozoriga qaytishi jiddiy raqobatni yuzaga keltirishi haqida aytilgandi.

Top