15:53 / 21.11.2015
2776

Igor Sergeyev 23 ta gol bilan Oliy liga to‘purariga aylandi

"Paxtakor" hujumchisi Igor Sergeyev joriy mavsum Oliy liga to‘purariga aylandi.

Hujumchi "Andijon"ga qarshi kechgan so‘nggi tur uchrashuvining 72-daqiqasida penaltidan va 84 daqiqada o‘yindan gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu aniq zarbalardan so‘ng so‘ng Sergeyevning hisobidagi gollar soni 23 taga yetdi va Oliy liga to‘purarligini qo‘lga kiritdi.

Bu borada unga raqobat qilgan "Qizilqum" hujumchisi Bahriddin Vahobovda 21 ta gol bor. "Qizilqum" kecha so‘nggi turda "Neftchi"ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan va Vahobov o‘z hisobiga gol yozdira olmagan.

Top