23:10 / 21.11.2015
3317

Kamerundagi terakt oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Kamerun shimolida terrorchi-xudkush tomonidan amalga oshirilgan portlash oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Politsiyadagi manbaning ma'lum qilishicha, o‘nlab odamlar jarohat olgan.

Terrorchi “Boko Haram” terrorchilik guruhi a'zosi bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Mintaqada “Boko Haram” terrorchilik guruhi faoliyat yuritadi. Guruh jangarilari mintaqada amalga oshiriladigan ko‘plab teraktlar ortida turadi.

Top