18:39 / 21.11.2015
4795

Malidagi mehmonxonaga hujum vaqtida 6 nafar rossiyalik halok bo‘lgan

Rossiya TIV tomonidan tasdiqlanishicha, 20 noyabr kuni Mali poytaxtiga amalga oshirilgan terrorchilik hujumi vaqtida 6 nafar rossiyalik halok bo‘lgan.

"Mehmonxonaga hujum sodir bo‘lgan vaqtda restoranda bo‘lgan istiqomatchilar o‘qqa uchragan. Halok bo‘lganlarning 6 nafari rossiyalik edi", deyiladi xabarda.

Biroz oldinroq, Malidagi klinikaga halok bo‘lganlarning shaxsini aniqlash maqsadida Rossiyaning Malidagi elchisi Aleksey Dulyan tashrif buyurgani xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, 20 noyabr tongida Bamako shahridagi Radisson Blu mehmonxonasiga jangarilar bosqini uyushtirildi. Ular mehmonxonada yashayotgan va xizmatchilardan iborat 170 kishini garovga olishgan.

Mali hukumati, Fransiya, AQSh va BMT askarlari hamkorligida o‘tkazilgan qutqaruv amaliyoti orqali asirdagilar ozod etilgan.

Mali prezidenti mehmonxonada bo‘lganlarning 19 nafari halok bo‘lganini tasdiqlagan.

Malida 3 kunlik motam e'lon qilingan va 10 kunlik favqulodda holat rejimi joriy etilgan.

Top