19:22 / 21.11.2015
2606

Moskvaning "Spartak" jamoasining eng keksa muxlisi 102 yoshida vafot etdi

Moskvaning "Spartak" jamoasiga muxlis bo‘lgan Otto Fisher 102 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda "R-Sport" nashri "Spartak"ning jamoatchilik bilan aloqalar departamenti direktori Leonid Traxtenbergga asoslangan holda xabar tarqatgan.

Shu yilning sentabr oyida Fisher qo‘lini sindirib olganidan keyin to‘shakka mixlanib qolgandi.

Uni dafn qilish marosimi 23 noyabrga belgilangan.

Otto Fisher 1913 yilda Saratov viloyatida tug‘ilgan. 1917 yilda yetim qolgach, Moskvadagi tog‘asining oilasi tomonidan asrab olingan. U hayotining oxirgi kunlarini Chelyabinsk viloyatining Kopeyske mavzesida o‘tkazgan.

U "Spartak" jamoasining barcha safar o‘yinlariga borar edi. Janob Fisher shu yili "Spartak" va "Dinamo" o‘rtasidagi o‘yinga jamoa fan klubi tomonidan faxriy mehmon sifatida taklif etilgan, maydonga chiqib, to‘pni tepib berish orqali o‘yinni boshlab bergandi. Shundan so‘ng u rossiyaliklar orasida mashhurlikka erishgan.

Top