07:23 / 21.11.2015
17209

O‘zbekistonda navbatdagi zilzilalar sezildi

21 noyabrda tonggi soat 5:16 da Toshkent va O‘zbekistonning boshqa shaharlarida kuchsiz zilzila sezildi.

“Toshkent” seysmik stansiyasida ma'lum qilinishicha, Toshkentda 2 balldan kamroq, Namanganda 3 ballik zilzila sezildi.

Zilzila markazi Qirg‘iziston hududida, Toshkentdan 210 km sharqqa tomon, Namangandan 90 km shimolga tomon joylashganligi aytilmoqda. Zilzila magnitudasi markazida 5,1 ballni tashkil qilgan, chuqurligi esa 10 km yer ostida bo‘lgan.

Bu zilzila oxirgi kunlarda O‘zbekistonda sezilayotgan va markazi Qirg‘izistonda bo‘lgan uchinchi zilzila bo‘ldi. Toshkentliklar 17 noyabrda soat 22:29 da 2,5 ballik, 20 noyabrda esa soat 9:46 da 2 ballik kuchsiz zilzilalarni sezishgan edi.   

Top