18:56 / 21.11.2015
2676

"Qayrat" Qozog‘iston kubogi uchun bahsda "Astana"ni mag‘lub etdi

Bugun, 21 noyabr kuni Qozog‘iston kubogining final bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda Qozog‘iston chempionligini qo‘lga kiritgan "Astana" va kumush medal sovrindori "Qayrat" to‘qnash keldi.

Olmaotaliklar irodali g‘alabani qo‘lga kiritib (2:1), ketma-ket ikkinchi, o‘z tarixlarida esa yettinchi marta Qozog‘iston kubogi sohibiga aylanishdi.

Qozog‘iston poytaxtidagi "Astana Arenada" kechgan final bahsini turkiyalik hakam Junayt Chaqir boshqarib bordi.

Qozog‘iston kubogi, final
«Astana» – «Qayrat» – 1:2 (1:0)
Gollar: 1:0 – Tvumasi (28), 1:1 – Despotovich (48), 1:2 – Despotovich (70)
Hakam: Junayt Chaqir (Turkiya).

Top