13:03 / 21.11.2015
3068

Qirg‘iziston bosh vaziri mamlakatdagi barcha maktablarda videokuzatuv nazorati o‘rnatishga ko‘rsatma berdi

“Tuman akimlari (hokimlari) va qishloq kengashi rahbarlari maktablarda videokuzatuv nazorati jihozlarini o‘rnatishni moliyalashtirish manbalarini topishlari lozim”, — dedi o‘tkazilgan yig‘ilishda Qirg‘iziston bosh vaziri Temir Sariyev. Bu haqda mamlakat vazirlar mahkamasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lumotga ko‘ra, yig‘ilishda bolalar tomonidan amalga oshirilgan jinoyatlar bilan bog‘liq jinoiy ishlar tergovi masalalari ko‘rib chiqilgan.

Mamlakat ichki ishlar vazirligi bergan ma'lumotga ko‘ra, voyaga yetmaganlar o‘rtasida amalga oshirilgan 755 ta jinoyatdan 570 tasi sudga topshirilgan.

Temir Sariyev ushbu yo‘nalishda proflaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish va voyaga yetmaganlar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyatlarning oldini olish hamda jinoyatchilarni qonun doirasida jazolashni qattiqlashtirish borasida tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Yig‘ilish davomida hukumat huzurida bolalar huquqlari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tuzish to‘g‘risadagi taklif qabul qilindi.

Top