16:53 / 21.11.2015
3815

"Uotford" jamoasi sardori "MYu"ga qarshi o‘yinga o‘zining mahbuslik davridagi xonadoshlarini taklif qildi

Angliyaning "Uotford" jamoasi sardori Troy Dini APLning 13-turi doirasida "Manchester Yunayted" jamoasiga qarshi o‘tkaziladigan bahsga qamoqdaligida o‘zi bilan bir xonada yashagan 6 nafar sobiq mahbusni taklif qildi. Bu haqda Bi-bi-si nashri xabar tarqatgan.

Ma'lumot uchun, Dini 2012 yilda 3 oy muddat davomida qamoqda bo‘lgan. U ko‘chada mushtlashgani uchun 10 oyga ozodlikdan mahrum etilgandi.

"Uotford" va "Manchester Yunayted" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bugun, Toshkent vaqti bilan soat 17:45da boshlanadi.

"Uotford" sardori hisoblanadigan 27 yoshli hujumchi Troy Dini ushbu mavsumda 12ta o‘yinda 2ta gol urgan va bitta golli pas muallifi bo‘lgan. Jamoa ayni vaqtda 12 o‘yindan 16 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalining 11-pog‘onasidan o‘rin olgan.

Top