21:43 / 22.11.2015
3512

Belgiya hukumati Bryusselda ikki terrorchi bo‘lishi mumkinligini aytdi

Bryussel hududida ikki terrorchi bo‘lishi mumkin, shu sababli hujum xavfi darajasi saqlanib qolmoqda, deb aytdi RTBF nashri.

Bu haqda Skarbek kommunasi burgomistri Bernar Klefe ma'lum qildi.

“Jiddiy xavf saqlanib qolmoqda, chunki bosh vazirning aytishicha, Bryussel hududida ikki terrorchi bo‘lishi mumkin. Sergaklikka amal qilish lozim”, deb aytdi Klefe.

Avvalroq Belgiya poytaxti Bryusselda maksimal darajadagi xavf darajasi kun oxirigacha uzaytirilgani ma'lum qilingandi. Bu haqda Belgiya inqiroz markazida ma'lum qilingan. Xabarda maksimal darajadagi xavf darajasining bekor qilinishi haqidagi qaror kun davomida qabul qilinishi mumkinligi aytilgandi.

Top