01:03 / 22.11.2015
3631

Bryusselda kafe va restoranlar yopib qo‘yilmoqda

Bryussel burgomistri (hokimi) Ivan Mayyer shahar aholisiga murojaatida barcha kafe va restoranlarga qorong‘i tushishi bilan yopilishni tavsiya qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

“Ehtiyot chorasi sifatida barcha restoran, bar va kafelarga 18.00 dan keyin ishni to‘xtatishni tavsiya qilamiz”, deb aytdi Mayyer.

Avvalroq NATOning Bryusseldagi xodimlariga jamoat transportidan foydalanmaslik tavsiya qilingan edi.

Top