15:31 / 22.11.2015
5334

Joze Mourino: "Tom Kruz yordamga kelsagina, uddalab bo‘lmas vazifani bajarishimiz mumkin"

"Chelsi" jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino APL chempionligi unvonini saqlab qolishni "uddalab bo‘lmas vazifa"ga tenglashtirdi.

"Biz o‘yindan o‘yinga o‘sishda davom etayapmiz. Lekin kecha matbuot anjumanida aytib o‘tganimdek, mavsum yakunida to‘rtinchi o‘rinni egallashni "vazifaning bajarilmagani" deb hisoblashimni aytib o‘tdim. Balki, Tom Kruz yordamga kelsa, biz vazifani bajarishimiz mumkin.

Kuchli to‘rtlikdan o‘rin olish juda qiyin vazifa. Biz turnir jadvali o‘rtasidagi jamoalarga qarshi o‘yinlarda ochkolar olishimiz kerak. Yuqoridagi jamoalarda o‘z-o‘zidan qoqilishlar ro‘y beradi. APLda har qanday jamoa ochko yo‘qotadi.

To‘rtinchi o‘rinni egallash - juda qiyin vazifa. Lekin uddalasa bo‘ladi.

Oldimizda "Makkabi"ga qarshi o‘yin turibdi. Umid qilamizki, bu o‘yindagi g‘alaba va "Portu" hamda "Dinamo" jamoalari o‘yini natijasi bizga turnirni davom ettirish imkonini beradi. Biz pley-offga chiqishimiz uchun oxirgi o‘yinda g‘alaba qozonishimiz talab qilinsa, buni bajaramiz", deydi u.

Top