09:23 / 22.11.2015
3507

Luis Enrike: «Real» kuchsiz emas, «Barselona» juda kuchli»

«Barselona» bosh murabbiyi Luis Enrike Ispaniya chempionati doirasida o‘tkazilgan «Real»ga qarshi o‘yin borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Shonli va esda qolarli g‘alaba bo‘ldi. "Real" — bizning azaliy raqibimiz. U ham biz kabi o‘zi ishtirok etayotgan barcha musobaqada g‘alaba qozonishni istaydi. Biz o‘zimizni juda yaxshi namoyon qildik va raqibga nisbatan ancha yaxshi o‘ynadik. O‘zimiz rejalashtirgan ishni to‘liq amalga oshirdik.

Biz to‘liq tashabbusga ega bo‘ldik. Bu yerda gap "Real"ning kuchsizligida emas, balki "Barselona" juda kuchli. Birinchi bo‘limda mukammal o‘ynadik, ko‘plab vaziyatlarni yuzaga keltirdik va o‘z muxlislarimizni quvontirdik.

Hafta davomida Messini zaxirada olib qolish borasida qarorga kelgandim. Messi mening qarorimni to‘g‘ri qabul qildi. Leo hammasini yaxshi tushundi. Messining maydonga qaytishi bilan hech qanday muammo yuzaga kelmaydi. Barcha futbolchilar o‘ynashga shay holatda bo‘lishi muhim ahamiyatga ega», — deydi Enrike.

Top