10:51 / 22.11.2015
2625

Misrda parlament saylovlarining ikkinchi turi boshlandi

Misrda parlament saylovlarining ikkinchi turi boshlandi. Ovoz berish birinchi mamlakatning 27 viloyatidan turda ishtirok etmagan 13tasida bo‘lib o‘tadi. Birinchi bosqich 17-19 oktabr kunlari bo‘lib o‘tgan edi.
Shanba kuni mamlakat tashqarisida yashaydigan misrliklar uchun ovoz berish o‘tkazildi.
Ikkinchi turda ishtirok etuvchi saylovchilar soni 28.2 mln kishini tashkil qildi, bu birinchi turda ishtirok etgan saylovchilardan (27.5 mln kishi) biroz ko‘proqdir. Saylovda Qohira shahrida ro‘yxatga olingan 7 mln fuqaro, shuningdek, Nil deltasida joylashgan, aholi zich yashaydigan viloyatlar aholisi qatnashadi.

Top