00:03 / 22.11.2015
4714

OAV: Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Kim Yon Sam vafot etdi

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Kim Yon Sam 87 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Renxap” axborot agentligi ma'lum qildi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Kim Yon Sam 19 noyabrda baland harorat bilan shifoxonaga yotqazilgan. Mahalliy vaqt bilan 22 noyabr soat 00:21 da (Toshkent vaqti bilan 21 noyabr 20:21 da) shifokorlar uning o‘limini qayd qilishdi.

Kim Yon Sam 1927 yil 20 dekabrda tavallud topgan. U Janubiy Koreya demokratik harakatining ko‘zga ko‘ringan namoyandasi bo‘lgan hamda 1993 yil 25 fevralidan 1998 yil 25 fevraligacha mamlakat prezidenti lavozimini egallagan. U o‘nlab yillar davomida harbiy diktatorlarga qarshi kurashgan va tarixida bir nechta harbiy to‘ntarishlarni boshidan kechirgan mamlakatda hokimiyatni tinchlik yo‘li bilan topshirishga asos solgan. Kim Yon Samning ortidan rafiqasi, 2 o‘g‘il va uch qizi qoldi.

Top