15:09 / 22.11.2015
3988

O‘zbekiston tramvaylar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni ko‘rib chiqmoqda

O‘zbekiston yil oxiriga qadar tramvay vagonlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalasini batamom hal qiladi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” vakiliga tayangan holda Sputnik agentligi xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga qaraganda, kompaniyaning struktur bo‘linmalaridan biri – Toshkent yo‘lovchi vagonlari qurish va ta'mirlash zavodi ayni paytda “Toshshahartransxizmat” parkida sovet davridan qolgan eski vagonlarni modernizatsiya qilish yoki kapital ta'mirdan chiqarish rejasini ko‘rib chiqmoqda.
“Bugunga qadar bizga bitta eski Tatra T-3M tramvay vagoni berildi, u kapital ta'mirlash borasida o‘ziga xos tajriba bazasi vazifasini o‘taydi. Aytish mumkinki, vagonni amalda boshqatdan terishadi, hatto eski karkas qisman o‘zgartiriladi”, - dedi agentlikning suhbatdoshi.
Ta'kidlanishicha, zavod mutaxassislari vagonni qayta jihozlashga kirishib ketgan.

Top