10:11 / 22.11.2015
5632

«Real» muxlislari Peres va Benitesdan iste'fo talab qilishdi

«Real» muxlislari La liganing 12-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Barselona»ga qarshi o‘yin (0:4) tanaffusi vaqtida klub prezidenti Florentino Peres hamda bosh murabbiy Rafael Benitesdan iste'fo talab qilib hayqirishdi. 

Avvaliga muxlislar "Florentino out!" yozuvi bor bannerlarni ko‘tarib turishgan. So‘ng o‘z istaklarini baqirgan holda ayta boshlashgan.

Stadion ma'muriyati vaziyatni qo‘lga olishga harakat qilgan va muxlislarning ovozini "bosib qo‘yish" uchun ovozkuchaytirgichli karnay orqali reklama berishgan, o‘yin oxirida esa jamoa madhiyasi baland ovozda yangragan.

O‘yin yakuniga yetgan sari ishqibozlarning hayqiriqlari balandroq jaranglay boshladi.
Qayd etish kerakki, «Qirollik klubi» Ispaniya chempionati doirasida ketma-ket ikkita o‘yinda yutqazdi hamda «Barselona»dan 6 ochko ortda qolib ketdi.

Top