19:02 / 22.11.2015
5553

"Real" prezidenti Benitesni Fernandeshga almashtirishi mumkin

Turli yillarda "Deportivo", "Selta" va "Portu" jamoalarida ishlagan mutaxassis Viktor Fernandesh mavsumning qolgan qismida "Real"ni boshqarib turishi mumkin.

Ispan nashrlari, agar Peres Benitesni ishdan bo‘shatish bo‘yicha uzil-kesil qaror qabul qiladigan bo‘lsa, uning o‘rniga Fernandeshni olib keladi.

Benitesning ishdan bo‘shatilishi haqidagi gaplar "Real"ning o‘z maydonida ashaddiy raqibi "Barselona"dan 0:4 hisobida yengilishidan keyin "urchib ketdi".

El Mundo Deportivo nashrida yozilishicha, Peres yangi mavsumdan jamoaga yangi murabbiy sifatida Zinedin Zidanni tayinlash bo‘yicha qaror qabul qilib bo‘lgan. O‘z navbatida Zidan mavsum o‘rtasida "Real"ni qabul qilib olishga rozi bo‘lmagan va Fernandesh jamoaga mavsumning qolgan vaqti uchun murabbiy sifatida tayinlanadi.

Top