07:30 / 22.11.2015
10460

Ronaldu – Peresga: yoki men, yoki Benites!

Madridning “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoa rahbariyatiga bosh murabbiy Rafael Benitesni bo‘shatib yuborish chaqirig‘i bilan murojaat qildi, deb xabar bermoqda La Gazzetta dello Sport nashri.  

Yulduzli o‘yinchi va bosh murabbiy o‘rtasidagi munosabatlarni havas qilsa arzigudek deb bo‘lmaydi. OAVlarda bir necha bor ular orasidagi mojarolar haqida ma'lumotlar paydo bo‘lgan. Xususan, ispan OAVlari Ronaldu va Benites umuman bir-birlari bilan gaplashmasliklarini tasdiqlagan edi.

O‘tgan haftada Krishtianuning jamoa prezidenti Florentino Peres bilan Benites xususida suhbati bo‘lib o‘tgani haqida ma'lumot paydo bo‘lgan edi. Ronaldu Peresga “Benitesdek murabbiy bilan “Real” hech narsa yuta olmaydi” deb aytgan.

21 noyabrdagi “Barselona” bilan uchrashuvdan keyin “qaymoq ranglilar” 0:4 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchraganlaridan keyin portugaliyalik superyulduz Peresga “Yoki men, yoki Benites!” deb masalani dangal qo‘ydi.

Top