11:27 / 22.11.2015
2744

So‘rovnoma: fransiyaliklarning 90 foizi xavfsizlik choralarini kuchaytirish tarafdori

Fransiya fuqarolarining ko‘pchilik qismi mamlakatda xavfsizlik choralarini kuchaytirish tarafdori. Bu haqda Deutsche Welle radiosi xabar bermoqda.
IFOP jamiyatshunoslik instutit mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, respondentlarning ko‘pchiligi favqulodda vaziyatni uch oyga uzaytirishni yoqlagan. Ularning 94 foizi chegara nazoratini qaytadan joriy qilish tarafdori.
Shuningdek, 95 foiz odam teraktlar va millatning asos manfaatlariga qarshi hujum uchun fuqarolikdan mahrum qilish kerakligini aytgan.

Top