15:24 / 23.11.2015
3257

10 yil ichida Qozog‘istonga 200 mlrd dollarlik sarmoya kiritildi

2005-2015 yillar davomida Qozog‘istonga umumiy miqdorda 200 milliard dollarlik sarmoya kiritildi, deya ma'lum qilindi Qozog‘iston Respublikasi bosh vaziri Karim Masimovning rasmiy saytida.

2015 yilning 20 noyabrida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida Qozog‘iston Iqtisodiy integratsiya ishlari vaziri Janat Aytjanova so‘nggi yilda boshqa mamlakatlar bilan savdo aylanmasi 150 million dollarni tashkil etganini qayd etdi. Yevroittifoqning 28 davlati Qozog‘istonning yirik hamkorlari hisoblanadi. 40 foizdan ziyodroq savdo aynan ushbu mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

“Sarmoyalarning katta qismi Niderlandiya, AQSh, Shveytsariya, Xitoy, Britaniya, Fransiya, Italiya, Rossiya, Kanada davlatlari kompaniyalari tomonidan kiritilgan”, - deydi vazir.
J.Aytjanova Qozog‘iston eksportining 70 foizga yaqini uglevodorod va boshqa xom ashyolar tashkil etishini qo‘shimcha qildi.

Top