17:07 / 23.11.2015
2361

15 dekabr kuni Qozog‘iston Butunjahon savdo tashkilotining to‘laqonli a'zosiga aylanadi

15 dekabr kuni Nayrobida o‘tadigan vazirlar uchrashuvida Qozog‘iston Butunjahon savdo tashkilotining to‘laqonli a'zosi deb e'lon qilinadi. Bu haqda Qozog‘iston iqtisodiy integratsiya masalalari vaziri Janar Aytjanova davra suhbati chog‘ida ma'lum qildi.

“Biz ratifikatsiyani to‘laligicha o‘tkazdik, va 15 dekabr kuni Butunjahon savdo tashkilotining 10-vazirlik uchrashuvida Qozog‘iston rasman tashkilotning to‘laqonli a'zosi sifatida tan olinadi”, - dedi J. Aytjanova.

O‘z navbatida, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksey Volkov Yevropa Ittifoqining Qozog‘istonga bozor iqtisodiyotiga ega mamlakat maqomini berishi kutilmoqda.

“YeI bilan hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli vazifasi sifatida biz viza rejimini yengillashtirishga qaramoqdamiz. Bu masala hozircha uzoq vaqtdan buyon yechimini topmay kelmoqda”, - tushuntirdi u.

Bundan tashqari, rasmiy Ostona AQShdan Permanent Normal Trade Relations maqomini olish hamda Jyekson-Venik tuzatishining bekor qilinishini kutmoqda.

Top