15:45 / 23.11.2015
3130

1,5 mln qrimlik elektr ta'minotisiz qoldi

Qrim yarimorolida 1,5 million kishi elektr ta'minotisiz qoldi, deya xabar bermoqda RIA “Novosti”. “23 noyabr kuni tongda Qrimda 1,4 million, Sevastopolda 257 ming kishi elektr ta'minotisiz qoldi”, - dedi axborot manbasi.

Eslatib o‘tamiz, Qrim 22 noyabr kuni tunda Ukraina janubidagi yarimorolga elektr toki yetkazib beradigan tarmoqda noma'lum shaxslar tomonidan sodir etilgan portlash natijasida to‘liq energiya ta'minotisiz qoldi.

Mintaqada elektr ta'minoti to‘liq tiklanguniga qadar favqulodda holat joriy etildi. Muhim infratuzilmalar va ijtimoiy obektlar avariyaviy ta'minot manbalariga ulandi.

Top