07:54 / 23.11.2015
1959

Ekzit-pollar: Argentina prezidentligi uchun saylovlarda muxolifat vakili g‘alaba qildi

22 noyabr kuni Argentinada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi o‘tkazildi.

Ekzit-pollar natijalariga ko‘ra, saylovda muxolif partiya nomidan qatnashgan nomzod Maurisio Makri g‘alaba qozongan. Bu muxolifatdagilarning 12 yil ichidagi ilk g‘alabasiga aylanishi mumkin.

Reyter xabariga ko‘ra, Bueros-Ayres shahri meri bo‘lgan 56 yoshli Maurisio Makri (u "Respublikachi taklif" partiyasi nomoyondasi hisoblanadi) o‘z raqibi, "G‘alaba fronti" alyansi vakili Daniel Stsiolini 5-8 foizlik ovoz farqi bilan mag‘lub etishi kutilmoqda.

Birinchi turda Makri 36,2 foiz, Stsioli esa 34,7 foiz ovoz to‘plagandi.

Top