08:57 / 23.11.2015
4952

Frantsuz politsiyasi Parijdagi teraktlarda ishtirok etgan uchinchi terrorchining suratini chop etdi

Frantsuz politsiyasi Parijdagi teraktlarda ishtirok etgan uchinchi terrorchining surati va tashqi belgilarini chop etdi. Bu haqda politsiya tvitterida ma'lum qilindi.

Xabarda ma'lum qilinishicha, aynan shu odam 13 noyabrda o‘zini “Stad de Frans” stadioni yonida portlatgan.

Politsiya bu odamni taniydigan barchadan u haqda huquq-tartibot muassasalariga ma'lumot berishni so‘radi.

Avvalroq Parij prokuraturasi o‘zini “Stad de Frans” stadioni yonida portlatgan ikkinchi terrorchi-xudkush shaxsini aniqlagani ma'lum qilingandi. Prokuraturada bu kimsa Yevropaga oktabrda Gretsiya orqali kelgani ma'lum qilindi.

Top