23:41 / 23.11.2015
3300

Google Android-qurilmalarda 74 foiz parolni chetlab o‘ta olishi mumkin

Nyu-York okrug prokurori tomonidan tayyorlangan hujjatga ko‘ra, Android’ning eski versiyasidan foydalanuvchilarning 74,1 foizi Google kompaniyasi tomonidan parolni chetlab o‘tgan holda ochilishi mumkin. Bu haqda TheNextWeb ma'lum qildi.

Android’ning eski versiyasida ishlovchi qurilmalarning ichidagi barcha ma'lumotlar sud so‘rovi bilan tergovchilarga taqdim qilinishi mumkin. Politsiyaga Android 5.0 va undan yuqori versiyalarda ishlovchi raqamli tashuvchining to‘liq shifrlanishi to‘sqinlik qilishi mumkin. Bunday qurilmalarning miqdori 26 foizni tashkil qiladi.

“Sud ekspertlari sud ekspertizasining turli uslublaridan foydalanib, bunday qurilmalardagi parollarni chetlab o‘tishlari mumkin. Android’ning ba'zi boshqa turlarida agar tintuv uchun ruxsat bo‘lsa, buni Google qiladi va shu bilan huquq-tartibot muassasalariga bunday qurilmalardan ma'lumotlarni olishda yordam beradi”, deyilmoqda hisobotda.

iOS 8 va undan yuqori versiyalarda ma'lumotlarning to‘liq shifrlanishi boshidan yoqiq bo‘ladi, shuning uchun Apple kompaniyasi bu qurilmalardagi parollarni chetlab o‘tolmaydi.

Top