19:34 / 23.11.2015
3511

iPhone olishni istagan mijoz Nyu-Yorkdagi Apple Store do‘koniga qilich ko‘targan holda bostirib kirdi

20 noyabr kuni Nyu-Yorkning beshinchi avenyusidagi markaziy Apple Store do‘koniga noma'lum shaxs qilich ko‘targan holda bostirib kirdi.

Guvohlarning ma'lum qilishicha, unga shunchaki iPhone telefoni kerak bo‘lgan.
U binodagi xaridorlarga ham, qo‘riqchilarga ham hech qanday tahdid solmagan, lekin agar o‘zi istagan narsan olib keta olmasa, o‘zini so‘ymoqchiligini bildirgan.
"Menga shunchaki iPhone kerak!", degan u.

Politsiya xodimlari tezkorlik bilan uni qo‘lga olishgan va mahkamaga olib ketishgan.

Top