10:57 / 23.11.2015
3686

Navoiy viloyatida o‘tkazilgan reydda noqonuniy faoliyat olib borgan 12 nafar kirakash aniqlandi

Navoiy viloyatida O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining hududiy bo‘limi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi hamda davlat soliq qo‘mitasi viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda 26 oktabrda o‘tkazilgan reyd natijasida noqonuniy, litsenziyasiz yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullangan 12 nafar avtotransport egasi aniqlangan.
Qonunbuzarlikka nisbatan tegishli choralar ko‘rish maqsadida qo‘lga kiritilgan faktlar va materiallar soliq organiga jo‘natilgan.

Top