11:27 / 23.11.2015
2258

O‘sh aeroportidan parvozlarni amalga oshirish qayta tiklandi

Qirg‘izistonning O‘sh aeroportidan parvozlarni amalga oshirish qayta yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Bishkekdagi "Manas" xalqaro aeroportidan xabar qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 22 noyabr kuni Rossiyaning Krasnoyarsk shahridan uchib kelgan "Boing-737" yo‘lovchi samolyoti (Avia Trafik Kompani"ga tegishli) Bishkekka qalin tufayli qo‘na olmagan, shundan so‘ng uni O‘shdagi aeroportga qo‘ndirishga qaror qilingandi. Qo‘nish vaqtida samolyotning shassisi buzilgan va u noqulay qo‘nishni amalga oshirib, yo‘lovchilarning 6 nafari jarohatlangandi.

Shundan so‘ng, aeroport faoliyati to‘xtatilgandi.

Samolyot bilan sodir bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisa tergovi natijalariga ko‘ra yo‘lovchilarga tovon puli to‘lanadi.

"Manas"xalqaro aeroportidan ma'lum qilishlaricha, bugun O‘shdagi aeroportdan Moskva, Yekaterinburg va Novosibirskka reyslar amalga oshirilgan. "Manas"dagilar "janubiy poytaxt"dan samolyot uchib kelishini kutishmoqda.

Top