18:06 / 23.11.2015
3458

Parijning teraktdan keyingi 10 kuni: shahar hamon tahlika kayfiyatida

Yangi yil bayramida arafasida jonlanib, ranglarga burkanadigan Parij yaqinda bo‘lib o‘tgan teraktlardan so‘ng boshqacharoq kayfiyatda yashamoqda. Ko‘plab matbuot va axborot kanallari voqea joyidan tayyorlagan reportajlardan ma'lum bo‘lishicha, xavfsizlik choralari kuchaytirilgan, odamlar esa jamoat joylarida to‘planishdan cho‘chimoqda.

Ta'kidlanishicha, noyabrning oxirgi o‘n kunligida do‘konlar bayramga hozirlik ko‘rayotgan odamlarga limmo-lim to‘ladi. Ammo hozir ular deyarli bo‘shab yotibdi. Osman xiyobonidagi shahar savdosi yetakchilari – “Galeri Lafayyet” va “Prentan” do‘konlari 50 foiz xaridorlarini yo‘qotdi. Kiyim-kechak va poyafzal savdosi tushib ketdi. Tijoratchilar hukumatdan yordam so‘ramoqda.

“Biz fuqarolarimizga ular ishga, mehmonga borishi, do‘konlardan xarid qilishi, normal hayot kechirish mumkinligini aytishimiz lozim”, - deb ularning fikrini ma'qulladi savdo bo‘yicha davlat kotibi Martin Penvil.

Restoran va mehmonxonalarda ham jiddiy tushkunlik kuzatilmoqda. Aviakompaniyalar ko‘plab chiptalarni qaytarib olishga majbur bo‘lmoqda, ayni paytda, yangi sayyohlar turpaketlar xarid qilishi kam kuzatilmoqda. O‘z-o‘zidan restoranlar va mehmonxonalarning ishi orqaga ketmoqda.

Parijning mashhur vitrinasi – kafe, restoran, diskotekalar mijozlardan rad javoblarini olmoqda. Qabul tashkilotchilari esa mutlaqo buyurtma olmay qo‘ygani aytilmoqda.

“Parijliklar kafelarda kecha o‘tkazishni istamayapti, - dedi hunarlar va mehmonxona sohasi ittifoqi shtabi xodimi. – Bu sohaga jiddiy ta'sir ko‘rsatmoqda”.

Top