17:04 / 23.11.2015
5239

Putin Tehronga yetib keldi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tehron shahriga yetib keldi. Bu haqda "Interfaks" nashri xabar tarqatgan.

U Eronda mamlakat prezidenti Hasan Ruxoniy hamda Eron diniy rahnamosi Ali Xamenei bilan uchrashadi.

Qayd etilishicha, Putin bu safarida neft eksportchilari forumida hamda Eron va Rossiya muzokaralarida ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, u Venesuela prezidenti Nikolas Maduro bilan uchrashadi.

Biroz oldinroq, OAVda Eron dunyodagi eng yirik neft eksportchisi bo‘lishni rejalashtirayotgani haqida xabar qilingandi.

Top