23:26 / 23.11.2015
4616

Putin va Berdimuxamedov Kaspiy ustidan havo hududi xavfsizligini muhokama qilishdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov bilan uchrashuvi davomida Kaspiy dengizi ustidagi havo hududi xavfsizligini muhokama qilishdi.

“Bizning mintaqadagi do‘stlarimizning Kaspiy dengizi ustidagi havo hududidan foydalanish borasidagi xavotirlari borasida aytadigan bo‘lsak, qozog‘istonlik do‘stlarimiz hozircha hech narsa deyishmadi, biroq biz buni inobatga olamiz. Biz ba'zi noqulayliklar paydo bo‘layotganini tushunamiz, biroq biz siz bilan Rossiya tomonidan terrorchilikka qarshi ko‘rilayotgan barcha sa'y-harakatlarning jabr-jafosi avvalambor Rossiyaning zimmasiga tushishini bilamiz. IShID va boshqa shu kabi terrorchilik guruhlari hech kimni ayab o‘tirmaydi, ular vahshiyliklar bilan shug‘ullanishadi, jumladan fuqarolik kemalarini ham ayashmaydi”, deb aytdi Putin.

“Shuning uchun, agar qandaydir noqulayliklar tug‘ilsa, ularni albatta minimallashtirish kerak. Biroq bizning samolyot bilan bog‘liq fojiali tajribaga ega bo‘lib, biz aybdorlarni jazolash uchun buni zarur deb hisoblagunimizcha qilamiz. Bu operatsiyalar abadiy o‘tkazilmaydi, men boshidan aytganman, ular vaqtinchalik ko‘rinishga ega. Bu Suriya armiyasining terrorchilik guruhlarini bostirish bo‘yicha hujumkor operatsiya bilan bog‘liq”, deb qo‘shimcha qildi Putin. Uning ta'kidlashicha, Suriya ixtilofi siyosiy usullar bilan yechilgan va buyog‘iga ham shu yo‘l bilan yechiladi hamda bu masala Eron rahbariyati bilan muhokama qilingan.

O‘z navbatida, Berdimuxamedov “qozog‘istonlik hamkasblar Kaspiy dengizi ustida sodir bo‘layotgan masalalardan xavotirlanmoqdalar, bu harbiy masalalar bilan ham bog‘liq” deb aytdi. Uning aytishicha, shu munosabat bilan fuqarolik xalqaro aviaaloqasi bilan bog‘liq masalalar paydo bo‘lmoqda. “Ya'ni barcha yo‘nalishlar, eshelon va harakatlar masalalari bo‘yicha aviaaloqani o‘zgartirish kerakmi? Shunday xavotirlanish bor, siz bilasizmi, yo‘qmi, bilmayman. Qozog‘istonlik hamkasblarimiz bu haqda xavotirlanmoqdalar”, deb aytdi Berdimuxamedov.

Putin Rossiyaning barcha yaqin ittifoqchilari va strategik hamkorlari bu masalaga tushunish bilan yondashadilar, deb umid bildirdi. “Biz Venada bo‘layotgan jarayon ijobiy natijalarga olib kelishiga umid bildiramiz”, deb aytdi Putin.

Top