10:03 / 23.11.2015
11156

Toshkentda Afg‘onistondagi zilzila ta'siri sezildi

22 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan 23:16 da Toshkentda kuchsiz yerosti silkinishi kuzatildi. 

Yevropa-o‘rtayerdengizi seysmologiya markazining ma'lum qilishicha, Afg‘onistonning Hindikush tog‘larida 6 balli yerosti silkinishi qayd etilgan.

"Toshkent" markaziy seysmostansiyasi ma'lumotiga ko‘ra, ushbu zilzilaning ta'siri Toshkentda 1-2 balli, Surxondaryoda 2 balli yerosti silkinishlari bilan akslangan.

Qayd etish kerakki, 20-21 noyabr kunlarida O‘zbekistonda episentri Qirg‘izistonda bo‘lgan bir necha yerosti silkinishlari sezildi.

17 noyabr kuni soat 22:29 da Toshkentda 2,5—3, 20 noyabr kuni 9:46 da 2 balli , 21 noyabr kuni 5:16 da Toshkentda 2 va Namanganda 3 balli zilzilalar sodir bo‘lgan edi.

Top