20:04 / 23.11.2015
3021

Ukrainalik respondentlarning 20 foizi chetga chiqib ketish niyatini bildirdi

HeadHunter portalining ukraincha bo‘linmasi o‘zi o‘tkazgan so‘rovnoma natijalarini e'lon qildi. Unga ko‘ra, respondentlarning 20 foizi chetga chiqib ketish niyatini bildirgan, deb xabar bermoqda UNN.

“Har o‘n nafar ishtirokchidan yettitasi Ukrainada o‘zi va oilasi uchun kelajak deb hisoblaydi. Beshdan biri buni og‘ir iqtisodiy vaziyat va past maosh bilan tushuntirmoqda. Respondentlarning yarmidan ko‘prog‘i bolalarining kelajagidan tashvishda. Yana shuncha odam mamlakatdagi siyosiy vaziyatdan tashvishda”, - deyiladi xabarnomada.

So‘ralganlarning 57 foizi yaxshi sharoitlar kafolatlangan taqdirda chet elga ko‘chishga hozirligini bildirdi. 40 foiz odam o‘zini mamlakatda xavfsizlikda sezmayapti.

Aholining uchdan biri esa o‘z kasbida yutuqlarga erishishi mumkinligiga ishonmayapti.
RIA Novosti keltirgan ma'lumotlarga qaraganda, joriy yilning birinchi yarmida Polshaga Ukrainadan 400 ming kishi ko‘chib o‘tgan.

Top