14:33 / 23.11.2015
3286

Xitoylik og‘ir atletikachi Chen Litszyun jahon rekordini o‘rnatib, 2015 yilgi JCh g‘olibi bo‘ldi

Xitoylik og‘ir atletikachi Chen Litszyun AQShning Xyuston shahrida o‘tkazilgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida qatnashib, 62 kg vazn toifasida 333 kg og‘irlikdagi toshni ko‘tarish orqali rekord o‘rnatdi va chempion bo‘ldi.

22 yoshli Litszyun 2013 yili Vrotslavda o‘tkazilgan turnirda ham chempion bo‘lgandi.

Uning asosiy raqibi, 2012 yilgi London olimpiadasida g‘olibi bo‘lgan shimoliy koreyalik Kim Un Guk bu turnirda ikkinchi natijani ko‘rsatdi (328 kg). Uchinchi o‘rin esa ozarbayjonlik Valentin Xristovniki bo‘ldi (317 kg).

Jahon chempionati 28 noyabrgacha davom etadi.

Top