09:22 / 24.11.2015
2594

AQShda maktabini portlatib yuborishni rejalashtirgan o‘spirin qo‘lga olindi

AQShning Indiana shtati politsiyasi o‘zi harakatga keluvchi portlovchi qurilma yordamida maktabini portlatib yuborishni rejalashtirgan o‘spirinni qo‘la oldi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

18 yoshli Jyenatan Dulining uyi tekshiruvdan o‘tkazilganda, u yerdan portlovchi qurilmalar uchun ishlatiladigan materiallar topilgan. Unga qarshi qo‘rqitish va portlovchi qurilmalar materiallarini noqonuniy saqlash aybi qo‘yilgan.
Dulining rejasi haqida politsiyani maktab o‘quvchilaridan biri ogohlantirgan.

Top