17:45 / 24.11.2015
16701

Boy va o‘rta hol odamlar fikridagi 10 ta farq

“Forbes” fikricha, AQShning 400 nafar boyining mablag‘i past toifadagi 150 mln. odamning mablag‘idan ko‘proq ekan. O‘rta toifadagi odamlarga keladigan bo‘lsak, yaqin 10 yil ichida ularning soni keskin kamayib bormoqda. Bu endi o‘rta pog‘onada qolish, juda qiyin masala bo‘ladi deganidir. Agar siz shu toifadagi inson bo‘lsangiz, demak ertami kechmi yaqin kunlarda kambag‘allar yoki boylar safida bo‘lishingizga to‘g‘ri keladi. O‘ylab ko‘ring, shunday tanlov oldida qolganingizda qaysi tomonda bo‘lishni istardingiz?

Boylar safida bo‘lishni xohlasangiz unda, birinchi navbatda, o‘z fikrlaringiz ustida ishlashingizga to‘g‘ri keladi. E'tiboringizga o‘rta toifadagi va boy odamlar fikri,dunyoqarashidagi 10 ta farqni havola etamiz.

1. O‘rta hol odamlar doim xotirjam va shinam yashashadi. Boylar esa sinovlarga tayyor turishadi.

O‘rta hol toifadagi odamlar doim xotirjamlikka intilishadi va o‘z xavfsiz doiralaridan tashqariga chiqmaslikka harakat qilishadi. Boylar esa aynan noqulaylik va tavakkalchilik yangi imkoniyat tug‘diradi, deb o‘ylashadi.

O‘z xotirjamlik doirangizdan tashqariga chiqing, yangi natijalarga erishish imkoniyatlarini qidiring. Ko‘proq narsaga erishish uchun yoqimsiz holatlar va sinovlarga tayyor turing.

2. O‘rta hol odamlar mablag‘ evaziga yashashadi. Boylar esa o‘zlariga kerak bo‘lganidan kamroq xarajat qilishadi. 

Agar boy odamlarning yashash tarzini tahlil qilib chiqadigan bo‘lsak, shu narsa ayon bo‘ladiki, ular qilayotgan daromadlariga qaraganda bir baravar kam xarajat qilishadi. Aynan mana shu ularni katta mablag‘larni hisob-kitob bilan ishlatishlari, keyinchalik bu mablag‘larni ko‘payishiga olib keladi. Boy odamlarning oddiy qoidasini yodingizda saqlang: agar siz bir yilda bir million daromad qilayotgan bo‘lsangiz va xuddi shuncha mablag‘ni sarf etayotgan bo‘lsangiz, demak jarga qulayapsiz.

3. O‘rta hol odamlar millionerlar qo‘lida turgan narvondan sekin, pog‘onama pog‘ona ko‘tarilishga intilishadi. 

Tabiiyki, jamiyatning o‘rta hol odamlari kimlarnidir qo‘lida ishlashadi. O‘rta hol odamlarning eng yuqoriga chiqqanlari esa, o‘zlari uchun ishlashadi. Millionerlar esa, o‘z bizneslariga ega. Ular bir narsani yaxshi bilishadi. Ish jarayoniga qancha ko‘p odam jalb etilsa, daromad shuncha ko‘p bo‘ladi. Oylik maoshining kamligining asosiy sababi ham mana shunda.

4. O‘rta hol odamlar hamma bilan do‘stlashib ketaveradi, boylar esa do‘st tanlaganda juda diqqatli bo‘lishadi.

Atrofingizda boy odamlarni to‘plashingiz, bu omadingiz sari qo‘yilgan birinchi qadam hisoblanadi. Agar o‘ylab qarasangiz, daromadingiz sizga yaqin bo‘lgan uch kishi qilayotgan daromaddan keladi. Ko‘proq ishlab topmoqchimisiz, unda atrofingizda yo‘lingizni bosib o‘tib, ancha narsaga erishganlarni to‘plang. Shunda siz boy odamlar qanday fikr yuritishlariga tezroq o‘rganib olasiz.

5. O‘rta hol odamlar maosh uchun ishlashadi, boylar esa bilim uchun.

Odatda o‘rta hol toifadagi odamlarni ish tanlashida asosiy rolni oylik maoshning kattalagi hisoblanadi. Boy odamlar esa avvalambor bir narsani o‘rganish uchun ishlash kerak, deb o‘ylashadi. Pul uchun emas, bilimingizni oshirib, kelajakda boyib ketish uchun nimalar qilish kerakligi haqida so‘z ketmoqda. Misol uchun, siz sotuvchi bo‘lib ishlab, savdodagi barcha kirim- chiqim tizimini o‘rganishingiz yoki shunchaki borib savdo qilib qaytishingiz ham mumkin. Bankda ishlab, uning hisob-kitob jarayonlarini bilib olishingiz ham mumkin. Agar siz rostan ham boyishni istasangiz, unda faqat pul uchun emas kelajakda boyishingizga yordam beradigan kasb-hunar ham o‘rganing.

6. O‘rta hol odamlarning buyumlari bor, boylarning esa pullari.

Agar siz o‘rta hol odamlar yashaydigan hududdan o‘tib qolsangiz, e'tibor bering, eng chiroyli va shinam uylar bilan eng qimmat mashinalar shularda bo‘ladi. Boy odamlar esa narsalardan ko‘ra ko‘proq pulga e'tibor berishadi. Ular boyish uchun ko‘proq pul kerak, narsa emas, deb hisoblashadi. Agar siz narsa sotib olishda davom etsangiz, olgan narsalaringiz bilan pullaringiz ham ketaveradi. Zarur bo‘lmagan narsalarni sotib olishni bas qiling. Shunda ish boshlashingiz uchun ilk sarmoyaga ega bo‘lasiz.

7. O‘rta hol odamlar yig‘ilayotgan puliga e'tibor qaratishadi, boylar esa ishlab topayotgan daromadiga.

Pulni yig‘ish va uni kerakli yo‘nalishga yo‘naltirish gap so‘zsiz eng asosiy masala hisoblanadi. Bu ikki narsaning asosi daromaddir. Boylar imkon qadar daromad keltiradigan turli manbalar qidirishadi. Shundan so‘nggina pullarni ishga solishadi. Shu sabab, birinchi navbatda, daromad haqida keyin pul topish haqida o‘ylang.

8. Boy odamlar mablag‘larini oqilona ishlatishadi. 

“Boylar qanday o‘ylashadi?” kitobining muallifi Stiv Sibold 1200 nafar millioner bilan suhbatlashib, shuni ta'kidlaydiki, boy odamlar bilan o‘rta hol odamlarning fikr yuritishlari o‘rtasida 100 xildan ko‘proq farq bor ekan. Asosiy farqlardan biri o‘rta hol odamlar pulga hissiyot bilan qarashadi, boy odamlar esa unga mantiqiy yondashishadi. O‘ylamasdan turib mablag‘ tikish, jamg‘armangizni xonavayron qiladi. Uorren Baffetning aytishicha, ulkan sarmoya bilan shug‘ullanish bu, birinchi navbatda, pulni emas, hissiyotlarni nazorat qilishga bog‘liq. Shu nasani unutgan odamlar ko‘p hollarda xavfli shartnomalar tuzib qo‘yishadi. 

9. O‘rta hol odamlar o‘z qobiliyatlarini past hisoblashadi. Boy odamlar esa oldilariga erishib bo‘lmaydigan maqsadlar qo‘yishadi.

Odatga ko‘ra, o‘rta hol odamlar ko‘zlari yetadigan, oson bajariladigan narsalar haqida fikr yuritishadi. Boy odamlar esa bir qarashda umuman bajarib bo‘lmaydigan ishlar haqida o‘ylashadi. 

Bir maqsadni oldingizga qo‘yayotganingizda yaxshilab o‘ylab ko‘ring, bundan ham yaxshiroq natijaga erishishni xohlamaysizmi? Bajarib bo‘lmaydigan ishlardan qo‘rqmang, aslida bunday ishning o‘zi bo‘lmaydi. 

10. O‘rta hol odamlar ko‘p ishlashadi, boylar esa boshqalar uchun ish joy yaratishadi. 

Albatta, har narsa uchun qattiq mehnat qilish kerak. Lekin ko‘p ishlash odati sizni millionerga aylantirmaydi. Boy bo‘lish uchun faqat o‘z kuchingizga ishonishingiz bu noto‘g‘ri fikr. Bu uchun ish jarayoniga boshqalarni ham jalb etish va ularni boshqarish qobiliyatiga ham ega bo‘lish lozim. O‘z biznesingizni tuzishga harakat qiling, shunda kamroq ishlaysiz va sizda bo‘sh vaqtlar paydo bo‘ladi. Bunda sizga dam olish va boshqa rejalar haqida o‘ylash imkoniyati tug‘iladi. 

Boylar va o‘rta hol odamlar o‘rtasidagi farq bir qarashda juda kattadek tuyuladi, aslida esa unchalik katta farq kasb etmaydi. Agar siz rostan boyib ketishni istasingiz, o‘z fikrlaringiz ustida ishlashingiz va boylardek fikr yuritishingiz kifoya. 

XABARDOR.UZ / Sarvar Anvar o‘g‘li tayyorladi.

Top