20:42 / 24.11.2015
3955

It o‘zining egalari uchun nikoh videosini suratga oldi

AQShda Rayder laqabli sibir xaski zotiga mansub it o‘zining egalari Marshall va Eddi Bernett uchun nikoh videosini suratga oldi. Nikoh marosimi 2014 yilning qishida bo‘lib o‘tgan, biroq rolikni montaj qilish uchun ma'lum vaqt ketgan, deb yozmoqda Metro nashri.

“Bizning it Rayder bu videoning operatori bo‘lishi kerakligiga turib oldi va u buni a'lo darajada bajardi”, deb izoh qoldirdi YouTube’da chop etilgan videoga Eddi Bernett.

Yosh oila GoPro kamerasini itning beliga mahkamlab, nikoh marosimiga tayyorlanish paytida kamerani yoqib qo‘yishgan. Mehmonlar Rayder marosim va kelin-kuyov bo‘sa olishi paytida boshqa yerlarga yugurib ketmasligini kuzatib turdilar. 

“Bizning qorli nikohimiz (itimiz nigohida)” deb atalgan bu rolik YouTube’da 340 ming namoyish yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi.

Itlar yordamida GoPro kamerasiga olingan videolar YouTube’da katta muvaffaqiyat qozongan. 2015 yil yanvarda Volter laqabli labrador Italiyadagi sayohatini videoga olgan va bu video tarmoqda “to‘rt oyoqli operatorlar” suratga olgan eng mashhur roliklardan biri bo‘ldi. Ushbu rolik 1,2 mln namoyish yig‘a olgan.

Top