Madridning «Real» klubi sobiq bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yoshlar jamoasiga murabbiylik qilib kelayotgan Zinedin Zidanning kelajakda asosiy jamoani boshqarishga munosib ekanini ta'kidlab o‘tdi.
«Futbolchi Zidanda fantastik faoliyat bo‘lgan. Hozirda u murabbiylik sohasida tajriba to‘plamoqda».
Zidanda ajoyib murabbiy bo‘lib yetishish uchun barcha xususiyatlar: xarizma, xarakter va boy tajriba mavjud. Kelgusida u «Real» yoki boshqa jamoani boshqarishi mumkin. Uning murabbiylik sohasida muvaffaqiyat qozonishiga ishonchim komil».
«Madridga kelganimda, Zinedin menga juda katta yordam bergandi. U Benzema va Varan bilan ajoyib munosabat o‘rnatgan. U jamoadagi kayfiyat va klubni juda yaxshi biladi. Butun yil davomida men bilan ishlagani muhim qaror bo‘lgandi».