19:29 / 24.11.2015
17783

Koinotdan olingan fotosuratlar. Darhaqiqat, sayyoramiz juda ham go‘zal

“DigitalGlobe” kompaniyasi ko‘p yillardan beri sun'iy yo‘ldoshlar yordamida foto va videotasvirlarni suratga olish sohasida yetakchi hisoblanadi. Uning rivojlanish tarixi 50 yil oldin eng sodda koinot qurilmalari yordamida olingan oq-qora suratlar bilan boshlangan. Bugungi kunda bu kompaniya Yer orbitasida bir qator yuqori texnologik qurilmalarga, shu jumladan eng zamonaviy Worldview-3 sun'iy yo‘ldoshiga egalik qiladi. Bu sun'iy yo‘ldosh 30 santimetrgacha o‘lchamdagi obektlarni farqlay olish qobiliyatiga ega. 

DigitalGlobe’ning fotosuratlari neft qazib oluvchi kompaniyalar, maxsus xizmatlar, transport kompaniyalari va qurilish ishlarida bebaho ma'lumot manbai hisoblanadi. 

Kompaniya o‘zining Facebook’dagi yangi sahifasida Yer sayyorasining sun'iy yo‘ldoshlardan olingan eng yaxshi 25ta suratini chop etdi va foydalanuvchilar orasida suratlardan eng yaxshisini tanlab olish uchun ovoz berishlarini taklif etdi. Eng zo‘r surat joriy yilning yanvar oyida e'lon qilinadi. Quyida bu suratlardan ba'zilarini e'tiboringizga havola etamiz:

Indoneziyaning Shimoliy Sumatra orolidagi Sinabung vulqonining otilishi. Bu tabiat hodisasi nafaqat chiroyli ko‘rinishda, balki juda ham xavfli bo‘lgan – bir necha kilometrlik kul ustunining otilishi natijasida, 16 kishi halok bo‘lgan. 

Dunyoda ko‘pgina joylarida baliq zaxiralari kamayib ketayotgan paytda, Xitoyda baliq fermalari yuqori darajada rivojlanmoqda.

Buyuk Britaniyada o‘tadigan mashhur Glastonberi musiqa festivali yuqoridan shunday ko‘rinadi – shimadigan konfetlar shaklidagi soyabonlar va juda katta olomon. 

AQShning Jorjiya shtatida joylashgan Garden Siti yuk porti.

Sirli Arktika muzliklari orasida ochilgan transport yo‘li. (Bu yo‘l go‘zallik oshuftalari tomonidan emas, neft izlovchilar tomonidan ochilgan)

AQShning Nevada shtatidagi Kaprayt Xillz tepaliklari. Bu suratlar geologlarning izlanishlar olib borishlariga ko‘mak berish maqsadida sun'iy yo‘ldosh orqali tasvirga olingan.

Kuvaytda joylashgan dunyodagi eng ulkan "shinalar qabristoni". (Sulaybiya)

Kobani shahridan Turkiya chegarasi tomon shoshilayotgan o‘n minglab suriyalik qochqinlar yo‘nalishining samodan ko‘rinishi.

Kaspiy dengizining Qozog‘istonga qarashli qismida qurilgan neft qazib olish kompleksi.

Sinjar shahridan boshi oqqan tomonga yo‘nalgan iroqlik qochoqlar olomonining samodan ko‘rinishi.

Germaniyaning Myunxen yeridagi Oktoberfest shahrida bo‘lib o‘tadigan har yilgi "Pivo festivali" vaqtida shahar tepadan shunday ko‘rinadi.

Yevropada, demak dunyodagi eng yirik temiryo‘l vokzali. Mashen temir yo‘l vokzalida zamonaviy texnologiyalar orqali har yili yuz minglab vagonlar yo‘lga solinadi. Bu vokzal ham Germaniyada joylashgan.

Niderlandiya sohillarida barpo etilgan bo‘ron to‘suvchi tizim. Rotterdamdagi bu to‘siqqa Maslankerting nomi berilgan.

AQShning Vashington shtatidagi Everett shahri aeroporti.

Ukraina poytaxti Kiyev shahridagi bosh maydonda namoyishlar vaqtida shunday manzara hosil bo‘ladi.

Xorvatiyaning O‘rta Yer dengizi qirg‘oq qismidan keladigan kuchli suv toshqinlari Gunja qishlog‘i osmonidan shunday ko‘rinadi.

Xitoycha apokalipsis. Ko‘mir bilan ishlaydigan elektrostansiyasi osmonidan qush uchib o‘ta olmaydi.

Xitoyning Bayan-Obo rayonidagi tog‘-kon sanoatiga ixtisoslashtirilgan hududidagi ishlarda geologlar mana bunda samoviy fotosuratlardan foydalanishadi.

Kanada shimoli-g‘arbidagi Diavikk Diamond Mine nomli olmos shaxtasi dunyodagi eng yirik olmos yetkazib beruvchilardan hisoblanadi. 2014 yilning noyabr' oyida ingliz va avstraliyaliklar qo‘shma hamkorligidagi Rio Tinto ushbu konda ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun, 350 mln dollar sarmoya kiritishgan.

Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi hududidagi Kamalakrang tog‘.

Har yili Antarktidaning bir qismi (6,1 milliard tonnalik muz) erib ketmoqda. Sun'iy yo‘ldosh orqali bu aniq ko‘rinadi.

Paragvay bo‘ylab oquvchi Parana daryosida qurilgan to‘g‘on dunyodagi eng katta to‘g‘on hisoblanadi. Uning qurilishi daryo o‘zanini butunlay burib yuborgan.

Kanadaning Alberta provinsiyasida kuz boshlanganida, o‘rmonlar juda go‘zal qiyofaga kiradi. Ayniqsa, tepadan qaraganda.

Top