16:58 / 24.11.2015
10972

Kreml: Samolyotimizni urib tushirishgani juda jiddiy hodisa

Rossiya Mudofaa vazirligining ma'lum qilishicha, Rossiyaga tegishli Su-24 samolyoti, katta ehtimol bilan, yerdan berilgan zarba oqibatida Suriyada qulagan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, uchuvchilar katapulta qilishga ulgurgan, ularning taqdiriga oydinlik kiritilmoqda.

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot xizmati boshlig‘i Dmitriy Peskov Su-24 bilan bog‘liq hodisa yuzasidan shoshilinch munosabat bildirib bo‘lmasligini bildirdi.

«Voqea borasida to‘liq ma'lumotga ega bo‘lmasdan turib, vaziyatga baho berish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Shunday ekan bunday vaziyatda bir oz sabr qilish lozim bo‘ladi. Bu juda jiddiy voqea. Ammo yana bir bor qaytaraman, to‘liq axborotga ega bo‘lmasdan turib nimadir gap aytish mumkin emas. Bu to‘g‘ri bo‘lmaydi», — qayd etib o‘tdi Peskov.

Peskov TIV rahbari Sergey Lavrovning Turkiyaga tashrifi bekor qilinishi borasida izoh berishni istamadi. «Tashqi ishlar vazirligiga telefon qiling», — deya ta'kidlagan Peskov.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya Mudofaa vazirligi Suriya hududidagi harbiy samolyot qulagani haqida xabar bergan. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, uchuvchilarning biri halok bo‘lgan.

Top