00:12 / 24.11.2015
10924

OAV: maxsus xizmatlar bomba A321 bortining qayeriga o‘rnatilganini aniqlashdi

Tergovchilar va maxsus xizmat xodimlari Misrda halokatga uchragan Rossiyaning Airbus A321 samolyotining qayeriga portlovchi qurilma o‘rnatilganini aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi, deb xabar bermoqda OAV.

Aniqlashga kimyoviy va boshqa maxsus ekspertiza vositalaridan foydlanilgani e'tirof etilgan.

Manbalarning ma'lum qilishicha, portlovchi qurilma 30A va 31A o‘rindiqlari orasida ishga tushirilgan.

Portlash quvvati trotil ekvivalenti bo‘yicha 1 kg. ni tashkil etgan.

Top