07:54 / 24.11.2015
2056

Obama va Olland AQShdagi uchrashuvda Fransiyaning IShIDga qarshi kurashini kuchaytirishni muhokama qilishadi

Oq uy vakili Josh Ernestning ta'kidlashicha, AQSh va Fransiya prezidentlari Barak Obama va Fransua Olland 24 noyabrda Oq uyda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda Fransiyaning IShID terrorchilik guruhiga qarshi harbiy choralarini kuchaytirish va razvedka ma'lumotlari bilan almashish masalalarini muhokama qilishadi.

“Ikki yetakchi o‘rtasida AQSh Fransiyadagi xavfsizlikni ta'minlash borasida Fransiyaga yordam berish uchun qanday qadamlarni amalga oshirishga tayyorligi, ayniqsa razvedka ma'lumotlari bilan almashish bo‘yicha aniq, lo‘nda suhbat bo‘ladi”, deb aytdi Ernest.

Ernestning ta'kidlashicha, uchrashuvda ikki yetakchi “IShIDga qarshi kurashda Fransiyaning hissasini qanday oshirish mumkinligini” muhokama qilishlari ehtimoli bor.

Top